VATANPARVARLIK TADBIRI O‘TKAZILDI
Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bugungi kundagi asosiy masala hisoblanadi. Shu maqsadda Kattaqo‘rg‘on shahar prokurori I.Nuriddinov tashabbusi bilan “Og‘ir toifa”dagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.
Shahar harbiy qismda tashkil qilingan ushbu tadbir doirasida yoshlar harbiy qismdagi ko‘rgazmalar, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni vatanni sevishga, fidoiy va mard yigitlar bo‘lib ulg‘ayishi, yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan munosib avlod qilib tarbiyalashga ko‘maklashishdan iborat.