Vatanparvarlik festivali o'tkazildi
Kattaqo'rg'on garnizoni 02855 va 36184 harbiy qism harbiy xizmatchilari bilan Samarqand Pedagogika texnikumi o'quvchi yoshlarini Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga ona Vatanni sevish va uni ardoqlash muqaddas burch ekanini chuqur singdirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34-yilligi hamda "14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Milliy armiyamiz Ona yurt qalqoni tinchligimiz posponi!" shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali o'tkazildi.
Tadbir davomida harbiy orkestr sadolari, qo'l jangi sahna koʻrinishi, faxriy qorovlning koʻrgazmali chiqishlar va qurol yaroq koʻrgazmasi yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, harbiylik kasbiga hurmat tuyg'ularini yanada oshirdi.




