insurez
29-09-2025 11:32

"VATANPARVAR" MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O’RGANILDI


Bugun, shahrimizning “Vatanparvar” mahallasida shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan mahalla aholisining muammolari o’rganildi. Sayyor qabul davomida mahalla aholisidan 10 ga yaqin o‘z yechimini kutayotgan masalalar bo'yicha murojaatlari qabul qilindi. 

Qabul jarayonida fuqarolardan asosan ichki yo’llarni ta’mirlash, tungi yoritish chiroqlari o'rnatish, hududni obodonlashtirish ishlari hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. 

Mazkur murojaatlar tegishli tashkilotlarga yo’naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, sayyor qabul doirasidagi murojaatlar shahar hokimi tomonidan joyida organildi va mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati. 

Teglar
- -