insurez
12-08-2025 14:33

VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN!


Bugun Kattaqo'rg'on shahar drama teatrida O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan "VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN!" shiori ostida tadbir tashkil qilindi.

Shahrimiz jamoatchiligi, nuroniylar, yoshlar ishtirok etgan mazkur tadbir spektakl bilan boshlandi. 

Unda o'tmishda o'zbek xalqining umidi bo'lgan yosh avlodning xalq, millat rivoji yo'lidagi harakati, ilm-ma'rifatga bo'lgan intilishlarining erta so'ngani, xalqimiz, jumladan, ma'rifatparvar ajdodlarimiz boshiga tushgan ko'rguliklar mahorat bilan ijro etildi hamda tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'ldi.

Tadbirda so'zga chiqqan shahar hokimi G.Alimova yosh aktyorlar mahoratini yuksak baholab, bugun xalqimiz, ayniqsa yoshlar o'tmishdan ibrat olib, shukronalik bilan yashashi, keng imkoniyatlardan unumli foydalanishi lozimligini uqtirdi.

Poytaxtimizdan tashrif buyurgan taniqli san'atkorlar ijrosidagi taronalar barchaga xushkayfiyat bag'ishladi.

Teglar
- -