insurez
04-11-2025 10:10

Vatan tinchligi-porloq kelajagim


Shahar hokimi tashabbusi bilan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov ana shunday nomlandi. Tadbir avvalida tashkilotchilar tanlovdan ko‘zlangan maqsad yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni milliy qadriyatlar va tarixiy xotiralarni asrab-avaylashga undash, o‘quvchi-yoshlar qalbida eng muqaddas– “Vatan”, “Millat”, “Tinchlik” kabi tushunchalar va ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat  ekanligini ta’kidladilar.

Tanlovda maktablarning iste’dodli yuqori sinf o‘quvchilari o‘z iqtidorlarini namoyon etdilar. Natijalarga ko‘ra 17-maktab o‘quvchisi Ruxshona Rustamova 1- o‘rinni, 9-maktab o‘quvchisi Zilola Asatova 2-o'rinni va 16-maktab o‘quvchisi Elmurod Tashpulatov 3-o'rinni qo‘lga kiritdi.

Shahar hokimi o‘rinbosarlari J.G‘aniev hamda Sh.Kuchkarovalar g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Teglar
- -