insurez
20-09-2024 17:12

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi summasi qay tartibda hisoblanadi?


Mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi kasal bo'linganda, mehnatda mayib bo'lgan yoki boshqacha tarzda shikastlanganda, shu jumladan turmushda jarohatlanganda, oilaning betob a'zosini parvarish qilganda, karantin e'lon qilinganda, sanatoriy-kurortda davolanganda va protez qilinganda to'lanadi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib bo'lgan va kasb kasalligiga chalinganda ish haqining to'liq miqdorida, boshqa hollarda esa, xodimning davlat ijtimoiy sug'urtasi badallarini to'lagan muddatiga (umumiy ish stajiga), qaramog'idagi voyaga yetmagan bolalarining soni va boshqa holatlarga qarab, ish haqining oltmish foizidan yuz foizigacha miqdorda to'lanadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-fevral kungi "Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo'yicha nafaqalar to'lash chegarasini takomillashtirish to'g'risida"gi 71-son qaroriga asosan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat'i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga to'lanadi: ishlayotgan 1941- 1945-yillardagi urush qatnashchilariga; baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga; qaramog'ida 16 yoshga (o'quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo'lgan xodimlarga; Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga; Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko'chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o'tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o'smalar bilan bog'liq kasalliklarga chalingan xodimlarga; mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo'lgan xodimlarga.

 

Z.Abdurahimov,

                                               Kattaqo`rg`on shahar Yuridik

xizmat ko`rsatish markazi  boshig`i  

Teglar
- -