Uzbek Food FestivaI
Joriy yilning 13–15-dekabr kunlari Quvayt davlatidagi O‘zbekiston elchixonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida tashkil etilgan festivalda 20 dan ortiq O‘zbekistonlik yirik eksportchi ishtirok etib, 200 dan ziyod oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etilmoqda.
Quvaytda ilk bor o‘tkazilayotgan “Uzbek Food Festival” doirasida O‘zbekistonning agrar salohiyati va eksport imkoniyatlari keng namoyish etilmoqda.
Mazkur delegatsiya tarkibida Kattaqo’rg’on shahrida faoliyat yuritayotgan “Innovatsion Investor Gold 7777” MChJ ta’sischisi Saparov Nodir ham ishtirok etmoqda.
Festival davomida mazkur korhona va Quvaytlik tadbirkorlar o’rtasida qishloq xo’jalik mahsulotlari (quritilgan mevalar va dukkakli mahsulotlar) eksportini amalga oshirish bo’yicha keluishuvlarga ertishildi.




