insurez
19-04-2024 14:58

USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI


Kattaqo‘rg‘on shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida umumta’lim maktabi direktorlari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 
Unda shahar hokimi G.Alimova, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Eshonqulov, maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i G‘.Boboxolov, viloyat milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Amonovlar ishtirok etdi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat hokimi ishchi guruhi tomonidan o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar muhokama qilindi. 
Yig‘ilish so‘nggida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida obodonlashtirish ishlari, tarbiyalanuvchilarini sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish, umumta’lim maktablarida o‘qituvchilar sifat tarkibini yaxshilash, bitiruvchilarni OTMga kirish ko‘rsatkichi hamda ta’lim sifatini ko‘tarish bo‘yicha 2024-yildagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -