USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI NISHONLANDI
1- oktabr “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan bugun Kattaqo‘rg‘on davlat Pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova, ustoz va murabbiylar, faxriy pedagoglar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Shahar hokimi tadbir ishtirokchilarini qutlar ekan, sharafli va mashaqqatli kasb egalari bo‘lmish ustozlarni har bir insonning hayot yo‘lini yorituvchi nur ekanligi, o‘qituvchilarni jamiyatda o‘rni va mavqeyini yanada ko‘tarish borasida ijobiy ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.
Tadbir davomida ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchi-yoshlarga munosib ta’lim- tarbiya berish yo‘lida samarali mehnat qilib kelayotgan ustozlarga shahar hokimligining faxriy yorliqlari va sovg‘alari taqdim etildi.
Ajoyib kuy va qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.