insurez
25-12-2024 10:41

"Ulug'bek avlodlari" olimpiadasi g'oliblari aniqlandi


Shahar prokurori I.Nuriddinov tashabbusi bilan shahardagi umumta’lim maktablarining 5- va 6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan “ULUG‘BEK AVLODLARI” olimpiadasi bo'lib o'tdi. Matematika fanidan o‘quvchilar bilimini aniqlash va fanga qiziqishini oshirish maqsadida tashkil qilingan mazkur olimpiadada yoshlar juda faol qatnashdilar.                                 

Olimpiada yakuniga ko'ra 5-sinf o'quvchilari o'rtasida shahar Ixtisoslashgan maktab o'quvchilari 1- va 2-o'rinlarni, 3-maktab o'quvchisi 3-o'rinni egalladi. 6-sinf o'quvchilari o'rtasida esa Ixtisoslashgan maktab o'quvchilari 1- va 2-o'rinlarni hamda 2-maktab o'quvchisi 3-o'rinni egalladi.   

G'olib bo‘lgan o‘quvchilarga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg'alar topshirildi.  

                                          

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -