Uchrashuv
"El-yurt umidi" jamg'armasi stipendianti Sevara Pulatova ishtirokida 2-IDUMda yuqori sinf qizlari bilan uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuv mobaynida xorijdagi oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirish, "El-yurt umidi" jamg'armasi hamda turli xil grantlar haqida taqdimot qildi.
Uchrashuvda shahar hokimi o'rinbosarlari Shaxlo Kuchkarova, Jasur G'aniyev hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi boshlig'i A.Daminovlar ishtirok etdi. Qizlarga kelgusi o'qishlari uchun tavsiyalar berish, til sertifikatlarining ahamiyati, xorijdagi o'qishga qanday hujjat topshirish haqida batafsil berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.