insurez
20-08-2025 22:18

TUNGI REYD TADBIRLARI O’TKAZILMOQDA


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, shahar IIB, Yoshlar ishlari agentligi hamda “Oqila ayollar harakati” aʼzolari hamkorligida  muntazam ravishda “Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish” maqsadida maxsus profilaktik tadbirlari doirasida tungi reydlar o‘tkazilib kelinmoqda. 

Joriy yilning 19-20- avgust kunlari shaxrimizda shunday tadbir o‘tkazilib, aniqlangan huquqbuzarlik hamda xalqimizning milliy urf- odatlariga, maʼnaviyati va madaniyatiga zid bo‘lgan holatlar bo‘yicha tegishli huquqiy va maʼmuriy chora-tadbirlar ko‘rildi. 

Reyd davomida ota-onasiga aytmay uyidan chiqib ketgan, hulqida o‘zgarishi bor voyaga yetmagan qizlar  topilib, ularga psixologik, tibbiy hamda huquqiy yordamlar ko‘rsatildi. Ular ota-onasi bag‘riga qaytarilib, mahalla yoshlari va xotin-qizlar faollariga biriktirildi. 

Muammolari o‘rganilib, qiziqishiga qarab qo‘shimcha tugaraklarga qo‘yilishi va sog‘lom turmush tarziga qaytarilishi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Teglar
- -