TUNGI REYD TADBIRI O‘TKAZILDI
Kattaqo‘rg‘on shahrida “Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish” maqsadida maxsus profilaktik tadbirlari doirasida tungi reydlar o‘tkazildi.
Shahar hokimligi, Ichki ishlar bo‘limi, Milliy gvardiya, Yoshlar agentligi shahar bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tadbir davomida Davlatimiz rahbarining joriy yil 3 yanvarda qabul qilgan “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan ko‘ngilochar maskanlarida turli huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha profilaktik-targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, tungi reyd tadbiri davomida aniqlangan huquqbuzarlik hamda xalqimizning milliy urf- odatlariga, ma’naviyati va madaniyatiga zid bo‘lgan holatlar bo‘yicha tegishli huquqiy va ma’muriy chora-tadbirlar ko‘rildi.
Bu kabi tadbirlar davom etadi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.