insurez
01-08-2024 17:21

TUNGI REYD TADBIRI O‘TKAZILDI


Kattaqo‘rg‘on shahrida "Xavfsiz Oila" maxsus profilaktik tadbirlari doirasida kuni kecha to‘yxonalar, bar va klublarda tungi reydlar o‘tkazildi. 

Shahar hokimligi, shahar Prokuraturasi, Ichki ishlar bo‘limi, Yoshlar agentligi, Madaniyat bo‘limi va Mahallalar uyushmasi shahar bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tadbir davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining «To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash hamda ko‘ngilochar maskanlarida turli huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha profilaktik-targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, tungi reyd tadbiri davomida aniqlangan huquqbuzarlik hamda xalqimizning milliy urf- odatlariga, ma’naviyati va madaniyatiga zid bo‘lgan holatlar bo‘yicha tegishli huquqiy va ma’muriy chora-tadbirlar ko‘rildi. 

Bu kabi tadbirlar davom etadi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -