Tungi reyd
Kattaqo‘rg‘on shahrida tungi reydlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Xuddi shuningdek, bayram oldidan jamoat tartibini saqlash, salbiy holatlarning oldini olish maqsadida navbatdagi tungi reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd davomida shahar hokimi o‘rinbosarlari, IIB vakillari va boshqa mas’ullar tartibbuzarlik qilgan yoshlarning ota-onalari bilan uchrashdilar. Ular bilan suhbat davomida ota-onalik majburiyatidan kelib chiqib, farzandlari tarbiyasiga e’tiborli bo‘lishlari ta’kidlandi.
Shuningdek, yoshlar bilan ham tungi vaqtda yurmasliklari, belgilangan tartib qoidalarga amal qilishlari, bu borada muayyan javobgarlik mavjudligi haqida tushuntirishlar berildi.
Reyd tadbirlari davom etadi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.