insurez
14-04-2025 09:03

TUMANLARARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI


Bugun Kattaqoʻrgʻon shahar Tibbiyot birlashmasida «Surunkali virusli gepatit B, C, D oqibatida kelib chiqadigan jigar sirroziga chalingan bemorlarni O‘zbekiston Respublikasining yangi Milliy klinik protokoli asosida davolash tamoyillari» mavzusida tumanlararo ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻining birinchi o‘rinbosari J.Jiyanov, shahar hokimi o‘rinbosari J.G‘aniev, SamDTU o‘qituvchilari hamda viloyatimizning turli tumanlaridan kelgan 100 ga yaqin shifokorlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor o‘qituvchilarining ilmiy ma’ruzalari eshitildi.

Yakunda konfrensiya amaliyotchi shifokorlar uchun yangi klinik yondashuvlar bilan tanishish, sohadagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidladilar.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -