insurez
22-10-2025 11:15

Tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda


Bugun, shahar hokimi Gavhar Alimova tegishli mas’ullar ishtirokida “Yakkabog‘” mahallasidagi “Ingichka” ko‘chasiga tashrif buyurdi. Hududdagi aholi, sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va mahalla mas’ullari bilan uchrashib, ko‘cha bo‘ylab tozalash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalarni berildi. 

Shahar  hokimi, Ingichka ko‘chasi atrofini obodonlashtirish hamda ushbu hududda daraxt ko‘chatlari o‘tqazib, yashil belbog‘ tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Mazkur ko‘cha atrofida maxsus texnika yordamida transportlar harakatlanishiga xalaqit berayotgan temir bo‘laklari va qurilish materiallaridan tozalash ishlari amalga oshirildi.

Teglar
- -