insurez
20-10-2025 11:35

Til-millat faxridir!


Samarqand Pedagogika Texnikumida 21-oktabr — “O‘zbek tili bayrami kuni” keng nishonlanmoqda!
Ona tilimiz — xalqimizning faxri, milliy g‘ururi va bebaho merosidir. Har bir so‘zi, har bir ohangi yuragimizni iftixor bilan to‘ldiradi. Til — bu millatning ruhi, tarixiy xotirasi va ma’naviyatining asosi.

Ajdodlarimiz asrlar davomida yaratgan, sayqal berib bizgacha yetkazgan o‘zbek tili bugun ham davlat tili sifatida yurtimizda yuksak ehtirom bilan qo‘llanilmoqda. Shu munosabat bilan texnikumimizda iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida “Til-millat faxridir” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarimizda ona tiliga muhabbat va hurmat tuyg‘usini yanada kuchaytirish,
tilimizning go‘zalligi, sofligi va boy imkoniyatlarini chuqur his etishga undashdir.

Teglar
- -