insurez
20-08-2025 18:04

TIBBIYOT TIZIMI HOLATI MUHOKAMA QILINDI


Kattaqo‘rg‘on shahrida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda viloyat hokimining o‘rinbosari X. To‘xtayev, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S. Zayniyev, shahar hokimining o‘rinbosari J. G’aniyev, shuningdek, shahar tibbiyot birlashmasi rahbar va xodimlari ishtirok etdilar. 

Tadbir davomida shaharda tibbiy xizmat ko‘rsatishda aniqlangan kamchiliklar, aholi murojaatlari, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Mutasaddilar tomonidan aholiga tezkor va sifatli yordam ko‘rsatishda ayrim bo‘g‘inlarda kechikishlar, shikoyatlarning ko‘pligi, texnik va tashkiliy muammolar qayd etildi. Kamchiliklarni bartaraf etish, tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqildi.

Yakunida tibbiyot birlashmasi mas’ullariga tegishli topshiriqlar berilib, belgilangan vazifalar ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishi qayd etildi.

Teglar
- -