insurez
15-09-2025 15:56

TIBBIYOT MARKAZIDA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI


Shahar hokimligi axborot xizmati tomonidan shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Jasurbek G’aniyev ishtirokida “Qo’shxovuz”mahallasida joyashgan “Ixlos Med” ko’p tarmoqli tibbiyot markazida press-tur o‘tkazildi. 

Press-tur davomida mazkur tibbiy markazda tashkil etilgan sharoitlar, diagnostika va davolash ishlari jarayoni bilan tanishildi. “Ixlos Med” tibbiyot markazida bugungi kunda15 nafar xodimlar faoliyat olib borib, 5 yo’nalishda kasalliklarni davolash bo’yicha aholiga tibbiy xizmat ko’rsatib kelinmoqda. Press tur ishtirokchilari markazda yaratilgan sharoitlarni ko’zdan kechirib, korsatiladigan xizmatlar turlari va narxlari bilan tanishishdi.  

Shuningdek, press-tur ishtirokchilari ushbu markazda boshqa tibbiyot muassasalari hamda xorijiy tibbiyot mutaxassislari bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumot va qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Teglar
- -