TEGISHLI TOPSHIRIQLAR BERILDI
Shahar hokimligida hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda dastlab, Yangi yil bayramini munosib kutib olish, shu munosabat bilan o‘tkaziladigan tadbirlar davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash, shahar hokimligi va boshqa barcha tashkilotlarda tunu-kun navbatchilik tashkil qilish xususida so‘z yuritildi.
Mas’ullarga bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, shahar hududida obodonlashtirish ishlarini olib borish va bunda barcha idora, tashkilot va muassasalar o‘z hududlarida tashkiliy ishlarni olib borishlari lozimligi ta’kidlandi.
Yangi yil archasi va uni atrofida bolalar uchun turli ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil qilish, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida ham vazifalar belgilab olindi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.