insurez
16-11-2024 17:09

TEATRDA PREMERA


Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida Indoneziya Respublikasining "Bumi Purnati" teatri ijodkorlari bilan hamkorlikda sahnalashtirilgan "Imom al-Buxoriy va Sukarno" asari asosidagi spektaklining birinchi premerasi namoyish etildi.

Premerada shahar hokimi Gavhar Alimova, sektor rahbarlari, jamoatchilik vakillari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etishdi. Shu kunga qadar onlayn ishlayotgan asarni ijodkorlarini bir sahnada ijro qilish hamda muhlislarga namoyish qilish maqsadida 25 nafar Indoneziyalik ijodkorlar shahrimizga tashrif buyurdi.

Dramaturg Go‘zaloy Matyoqubova qalamiga mansub O‘zbekiston xalq artisti rejissyor Valixon Umarov tomonidan sahnalashtirilgan mazkur spektakl mohiyati shahar hokimi tomonidan e'tirof etildi hamda tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Spektaklning keyingi premeralari Samarqand va Toshkent shahar teatrlarida, keyinchalik Indoneziya, Malayziya va Singapurda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -