insurez
19-12-2024 16:37

TA’LIMDAGI ISLOHOTLAR - KELAJAKKA POYDEVOR


Bugun shahrimizda viloyatdagi tuman va shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbarlari ishtirokida tashkil qilingan seminar ushbu mavzuda bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, seminar ishtirokchilari “MOHLAROYIM NUR MCHJ” DXSh asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldilar va bu yerdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Navbatdagi manzil 8-Maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. Mazkur ta’lim muassasasi zamon talablari darajasida jihozlangan. Bolalarni jismoniy va musiqiy ta’lim olishlari, turli mashg‘ulotlarni o‘tishlari belgilangan me’yoriy talablarga mos ravishda tashkil qilingan. Seminar ishtirokchilari bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Seminar ishtirokchilari shuningdek, 11-Ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabida ham bo‘ldilar. Seminarni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ozod Jangirov ochib berdi. Ta’lim muassasasida o‘tkazilgan davra suhbatida shahar hokimi o‘rinbosarlari, shahar prokurori, jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdilar.

Suhbat davomida keyingi yillarda Kattaqo‘rg‘on shahrida ta’lim sohasini rivojlantirish, maktabgacha va maktab ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini yaxshilash, pedagog-kadrlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

Kengaytirilgan seminar doirasida shahardagi maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari tarbiyalanuvchi va o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, musiqiy chiqishlar ham namoyish etildi.

Seminar ishtirokchilari o‘tkazilgan seminar davomida Kattaqo‘rg‘on shahrida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar kelgusida albatta, kattaqo‘rg‘onlik yoshlarning kelajagi uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladilar.

Teglar
- -