“Ta’limda islohatlar" mavzusidagi seminar
Davlatimiz rahbari raisligida 2025-yil 15-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ta’limdagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish masalalari keng muhokama qilindi. Mazkur yig‘ilishda mahalliy kengash deputatlariga ham ta’lim sifatini oshirishda faol ishtirok etish, joylardagi muammolarni aniqlab ularni bartaraf etishda bevosita qatnashish vazifasi topshirildi.
SamDU Kattaqo'rg'on filiali va Samarqand pedagogika texnikumi hamkorligida o'tkazilgan “Ta’limda islohatlar" mavzusidagi seminarda viloyat Kengashi deputatlari F.Sirojiddinov va F.Raximovalar tomonidan ta’lim sohasini yanada isloh qilish masalasida selektr yigilishida berilgan topshiriqlar va sohadagi yangiliklar bo'yicha ma'lumot berildi.
Seminarga taklif etilgan Mumbay texnologiyalar instituti professori Tabassum Qazi ishtirok etib "Ta'limda yangi innovatsion texnologiyalardan foydalanishda psixologik yondashuv ” mavzusida ma’ruza qildi.
Seminar davomida mutaxassislar tomonidan fikr va mulohazalar bildirildi.