TA’LIM DARGOHI TAJRIBASI OMMALASHTIRILADI
Bugun shahrimizga tashrif buyurgan Respublika Maktabgacha va maktab talimi vaziri o‘rinbosari F.Boqiev, shahar hokimi G.Alimova hamda Samarqand viloyat MMTB boshlig‘i Sh.Eshonqulov hamrohligida dastlab shahar 11-IDUMda bo‘lishdi.
Mazkur maktab viloyatda yagona “Tarbiya tayanch maktabi” hisoblanadi. Tashrif davomida mutasaddilar maktabda o‘quvchilarni munosib ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, erishilayotgan natijalar hamda maktabda tashkil etilgan “Manaviyat sektori” faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Shuningdek, ushbu ta’lim dargohida erishilayotgan yutuqlar va tajribani ta’lim muassasalarida ommalashtirish maqsadida maktab direktori O.Salimova joriy yil aprel oyida Navoiy viloyatida o‘tkaziladigan respublika seminarida hamkasblariga dars o‘tib berishi belgilandi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.