insurez
16-09-2025 17:55

TALABALAR YASHAYOTGАN IJARADАGI UYLАRNINING SHAROITLАRI QАNDАY?


Talabalarning yaxshi bilim olishlarida ularni yashash joylarida sharoitlarning yaratilganligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, uzoq tuman yoki viloyatdan kelib o‘qiyotgan talabalar uchun yotoqxona yoki ijara uylaridagi sharoitlarning talab darajasida bo‘lishi ular uchun muhim.

Kattаqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida ham bu borada tizimli ishlar tashkil qilingan. Joriy o‘quv yilida 1005 nafar yoshlar 1 bosqichga qabul qilindi.

Bugungi kunda 600 nafardan ortiq talabalar institut ichidagi barcha talablarga javob beradigan talabalar turar joyida, 800 nafardan ortiq talabalar ijaradagi uy-joylarda istiqomat qiladi. Xo‘sh, ular bugun qanday sharoitlda yashamoqda.

Shu maqsadda Kattаqo‘rg‘on Davlat Pedagogika instituti rektori, deputat Sherzod Urakov, deputat Jamshid Nosirov hamda institut mas’ullari Amir Temur mahallasida ijarada yashovchi talabalarni yashash sharoitlarini o‘rganishdi.

Institut oldi Beklar ko‘chasidagi aksariyat xonadonlarda talabalar ijarada turadilar. Xonalarda talabalarni dars qilishlari, ovqatlanishlari, ma’naviy dam olishlari uchun sharoitlar yetarli. Shu yili o‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uy joy bilan ta’minlashda muammo bo‘lmaganligini, sharoitlar yaxshi ekanligini ta’kidladilar.

Rektor uzoq viloyatlardan kelib, ijarada yashab, o‘qishga qatnayotgan talabalaridan umumiy, iqtisodiy ahvoli, shart-sharoiti, qiziqishlari, hozirgi kunda o‘qishdan tashqari qanday ishlar bilan band ekanliklari haqida so‘radi. Talabalarga toza, ozoda yashash doimo zarurligi haqida gapirdi.

Shuningdek, yoshlar bilan samimiy suhbat davomida ularning ijara shartnomasi, institut hayoti va tartib-qoidalar bilan qay darajada tanishganliklari, institut tyutorlari, dekan va boshqa mas’ullarning talabalar bilan ishlash holati haqida qiziqdi va turar-joy bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda kimga va qanday murojaat qilishlari lozimligi tushuntirildi.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, talabalarni yashash sharoitini yaxshilash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, ta’lim olish uchun qulay muhit yaratish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Qolaversa, yotoqxona va ijara uylarda yaratilgan sog‘lom ma’naviy muhit talabalarni o‘zaro muloqot va hamkorlikda loyihalar ishlab chiqish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Ijara shartnomasini shakllantirgan talabalarni murojaatlariga ko‘ra ijara to‘lovlarining 50 % ni davlat tomonidan to‘lab berilayotganligi ayniqsa, yoshlarga moddiy jihatdan katta yordam bo‘lmoqda. Albatta, bu yangilanishlar talaba-yoshlarga bo‘lgan hukumatimizning g‘amxo‘rligi, ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tiborning natijasi tufaylidir.

Zero, mamlakatimizda olib borilayotgan ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar zamon talablariga javob berib, yosh avlodning barkamol, bilimli va yuksak ma’naviyatli bo‘lib kamol topishiga xizmat qilmoqda.

Teglar
- -