14-04-2025 14:13
TALABALAR XAMIT SAMATOV MONUMENTI BILAN TANISHDI
SamDU Kattaqo'rg'on filialida davom etayotgan Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi oyligi doirasida kafedra professor-o'qituvchilari talabalar shahrimizda oʻrnatilgan Xamit Samatov oilasi monumentiga tashrif buyurishdi.
Talabalarga ikkinchi jahon urushi davrida Xamit Samatovning xalq boshiga tushgan kulfatli, og'ir damlarda ko'rsatgan g'amxo'rligi, oliyjanobligi haqida so'zlab berildi.