TALABALAR VA PARTIYA VAKILLARI UCHRASHUVI
Unda institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, Samarqand viloyati Kengashi deputati Fazliddin Sirojiddinov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari, professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.
Ishtirokchilarga viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi, rivojlanishi hamda ularni ta’lim olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi.
Talabalar qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob olgan holda oʻzlarining fikr mulohazalarini bildirishdi.
Kattaqoʻrgʻon davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati