Talabalar turar joyi talab darajasidami?
Kattaqo'rg'on shahar hokimi o'rinbosarlari, mahallalar uyushmasi, Yoshlar ishlari shahar bo'limi vakillari hamkorligida Davlatimiz rahbarining joriy yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-sonli Qarori ijrosi yuzasidan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilinishi, ularga yaratilgan shart-sharoitlarni o'rganish maqsadida shahar Tibbiyot tеxnikumi talabalar turar joyida profilaktik-targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Mas'ullar talabalar turar joyidagi xonalarning jihozlanganligi, dars tayyorlash, ovqatlanish, taom tayyorlash uchun yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kеchirdilar. O'rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha topshiriqlar bеrildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.