Talaba yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi
Yoshlarni ta’lim olishi bilan birga ijtimoiy faolligini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish muhim hisoblanadi.
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi talabalar turar joyida bo‘lgan shahar hokimining o‘rinbosarlari hamda mas’ullar bu yerda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, ular bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
O‘tkazilgan tadbirda so‘z olgan shahar hokim o‘rinbosarlari Sh.Kuchkarova, J.G‘aniev mamlakatimizda yoshlarni munosib bilim olishlari, iqtidorlarini namoyon qilib jamiyatda o‘z o‘rinlarini egallashlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida berilayotgan imtiyozlar, tashkil etilayotgan tanlovlar xususida to‘xtalishdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida mutaxassis tomonidan talaba yoshlar bilan psixologik trening o‘tkazilib, yoshlar ishtirokida mushoira va raqslar tashkil etildi.




