insurez
30-10-2025 17:25

Talaba yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi


Kattaqo’rg’on shahar hokimi o‘rinbosarlari Sh.Kuchkarova, J.G‘aniyev, shahar Yoshlar ishlari bo’limi, Mahalla uyushmasi, deputatlar va mahalla vakillarining Kattaqo’rg’on davlat pedagogika instituti yotoqxonasida istiqomat qilayotgan talabalar bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. 

Dastlab, mas’ullar tomonidan talaba yoshlar uchun yaratilgan yotoqxonadagi mavjud sharoitlar ko’zdan kechirildi. Shundan so’ng, talabalar bilan uchrashuv o’tkazilib, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida suhbatlashildi hamda muammo va takliflari o’rganildi. 

Uchrashuv iste’dodli va iqtidorli talaba  yoshlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar bilan o’z yakuniga yetdi.

Teglar
- -