Tahlil va natija
Bugun Samarqand shahrida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida 15 ta tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining 6 oy davomida foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatishi, ijro intizomi, kadrlar faoliyati hamda sohaga doir vazifalari tahlil qilindi.
Tahlil davomida 6 oy ichida aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishda faol ishtirok etgan, kutubxonachilik sohasining rivojiga qo‘shayotgan beqiyos hissasi, metodik ishlarni yaxshi tashkillashtirganligi hamda kitobxonlarni axborot bilan ta’minlashdagi samarali mehnat qilayotgan Kattaqo'rg'on shahar, Nurobod hamda Bulung'ur tuman axborot- kutubxona markazlari I, II, II darajali diplom bilan taqdirlanishdi.