Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashda yangi bosqich
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 noyabrdagi “Biznes yuritishni hamda lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–214-son Farmoni tadbirkorlar uchun ma’muriy xarajatlarni keskin qisqartirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Mazkur Farmon mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida Kattaqo’rg’on shahar Davlat xizmatlari markazida Adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi xodimlari va tadbirkorlar vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda shahar adliya bo‘limi mas’ullari Farmonda belgilangan ustuvor vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tishdi. Xususan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladigan "Biznesni 15 daqiqada boshlash" tamoyili orqali tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni ancha soddalashtirilishi ta’kidlandi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.




