Tadbirkorlarning muammolari o‘rganildi
Kuni kecha 1-sektor shtabida shahar hokimi Gavhar Alimovaning sektor hududidagi tadbikorlarni muammolarini o‘rganish bo‘yicha uchrashuvi o‘tkazildi. Unda hokim o‘rinbosarlari, tadbirkorlar vakillari va sektor bo‘yicha hokim yordamchilari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida shahar hokimi tomonidan tashrif buyurgan tadbirkorlar bilan faoliyatlarini rivojlantirish borasidagi mavjud muammolar va ularni qiynab kelayotgan masalalar atroflicha o‘rganilib, ijobiy hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.