insurez
31-01-2025 17:16

Tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimovaning tadbirkorlar bilan navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar o‘z oldida turgan qator masalalarni ko‘tarishdi. Asosan, kredit olish, biznesni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va hokimlikning qo‘llab-quvvatlovi kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shahar hokimi tadbirkorlarning fikr va takliflarini diqqat bilan tinglab, ularning muammolarini hal etish uchun zarur chora-tadbirlar belgilab berilganini ta’kidladi. Hokimlik tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lida har tomonlama yordam ko‘rsatilishiga tayyor ekanligini aytdi.

Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan muammolar yuzasidan tegishli rahbarlarga vazifalar berilib, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq amaliy harakatlar rejasi tasdiqlandi.

Bunday muloqotlar tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga va iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishga zamin yaratadi. 

Teglar
- -