Tabrik
Bugun Samarqand shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida idora va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Viloyat Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga qarashli sport majmuasida o‘tkazilgan mazkur musobaqada shahrimiz jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Quvonarlisi qizg‘in tarzda kechgan musobaqa yakuniga ko‘ra shahar Tibbiyot birlashmasi xodimlaridan iborat jamoa faxrli birinchi o‘rinni egallab, respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoani muborakbod etamiz.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.