Sumalak - birdamlik
Sumalak sayli qadimdan kishilarda birdamlik, ahillik hissini tarbiyalab kelgan. Sumalak tayyorlanadigan joyga qo‘ni-qo‘shnilar bir hovuchdan un olib kelishgan, birgalikda taom pishirishgan, bir qozonda tayyorlangan ovqatni hamma baham ko‘rgan.
⚡️Sumalakni asosan ayollar tayyorlashgan. Sumalak tayyorlashning o‘ziga xos marosim tadbiri vujudga kelgan. Ular qozon atrofida suhbat qurishgan, hikoyalar, ertaklar, rivoyatlar va latifalar aytishgan.
⚡️Kattaqo‘rg‘onlik xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan sumalak taomi ham o‘zida ana shunday ezgu an’analarni aks ettirganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Doira sadosi, turli laparlar tadbir ishtirokchilarini raqsga chorladi.