insurez
19-11-2024 14:28

Sport sog’lik garovi


Xotin-qizlar o’rtasida sport turlarini keng targ’ib qilish maqsadida Kattaqoʻrgʻon shahar Oila va Xotin-qizlar boʻlimi tashabbusi bilan davlatimiz bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan shahar mahallalaridagi xotin- qizlar oʻrtasida sport musobaqalari o’tkazildi.

Mazkur sport tadbirini shahar hokim oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Shaxlo Kuchkarova ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi.

Sport musobaqasi ishtirokchilari dastlab quvnoq startlar bo’yicha soʻngra shaxmat, shashka, voleybol sport turlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashdi. 

Musobaqada g’olib bo’lgan ishtirokchilar viloyat bosqichiga yoʻllanma olishdi.

Teglar
- -