insurez
30-09-2025 14:45

Sport murabbiylari va soha xodimlari mehnati e'tirof etildi


Samarqand viloyati sport boshqarmasida 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirda viloyat sport boshqarmasi boshlig'i Jasur Nurmanov, boshqarma hamda sport ta'lim muassasalari rahbar-xodimlari, murabbiylar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Kattaqo'rg'on shahar sport maktabi murabbiysi Toshkentbek Meyliyev “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

Toshkentbek Meyliyev shahrimizda sport sohasida samarali mehnat qilib, boks bo’yicha yosh sportchilarni Jahon, Osiyo chempionatlariga tayyorlashda fidoyilik ko‘rsatib kelmoqda.

Teglar
- -