Soʻnggi qoʻngʻiroq 2025
Respublikamiz boʻylab boʻlib oʻtayotgan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari shahrimizdagi umumtaʼlim maktablarida ham koʻtarinki tarzda davom etmoqda.
2-IDUM da boʻlib oʻtayotgan tadbir bitiruvchi yoshlar qalbida bir umrga muhrlanadigan unutilmas lahzalarga boy boʻlmoqda.
Tadbirda ishtirok etayotgan deputat, “Kattaqoʻrgʻon tongi” gazetasi bosh muharriri Jamshid Nosirov bitiruvchi yoshlarni yangi hayot sari qadam qoʻyayotganliklari bilan qutladi va ularga Davlatimiz rahbari tomonidan yoʻllangan tabrikni oʻqib eshittirdi.