SOLIQ TUSHUMLARI - IQTISODIYOTIMIZ TAYANCHI
Bugun shahar Soliq idorasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi G.Alimova, viloyat Soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Valiev, viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i J.Mardonov, shahar prokurori I.Nuriddinov, IIB boshlig‘i G‘.Islomov, Soliq inspeksiyasi boshlig‘i F.G‘aniev, ishchi guruh a’zolari, mahallalar yettiligi va korxona muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda Prezidentimizning “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6098 sonli Farmoni ijrosi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulk va yer solig‘idan qarzdorliklarini sundirilishi borasida hamkorlikdagi olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mas’ullarga shahrimizda yashirin iqtisodiyotni legallashtirish, soliqlarni muddatida to‘lanishini ta’minlash bo‘yicha joylarda tegishli chora-tadbirlarni tashkil etish borasida topshiriqlar berildi.