SOG‘LOM ONADAN - SOG‘LOM FARZAND
Onalarning har jihatdan sog‘lom bo‘lishi sog‘lom farzandlarni dunyoga kelishida muhim. Zero, jamiyatning a’zolari bo‘lmish yosh avlodni onalar dunyoga keltiradi va voyaga yetkazadi. Shu jihatdan yurtimizda ona va bola salomatligi yo‘lida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Shahar hokimi Gavhar Alimova shahrimizdagi Tug‘ruq bo‘limida bo‘lib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Shu kuni yangi chaqaloqlarni dunyoga keltirgan onalarni qutladi. O‘zining samimiy tilaklarini bildirdi va ularga gullar taqdim etdi.
Shahar hokimi yurtimizda onalar va bolalar salomatligini asrash yo‘lidagi islohotlar, tibbiyot birlashmasida yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritdi. Bu yaratilgan sharoitlar, berilayotgan e’tibor yurtimizda onalarni sog‘lom avlodni dunyoga keltirishi yo‘lidagi sa’y-harakatlarning amaldagi natijasi ekanligini ta’kidladi.