insurez
29-09-2025 14:36

SIZGA TAʼZIM SIZGA EHTIROM!


Shu kunlarda taʼlim muassasalarida 1- oktyabr - “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Xuddi shuningdek, bugun Samarqand pedagogika texnikumida bo‘lib o‘tgan tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova, faxriy ustozlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan shahar hokimi ustozlarni kasb bayramlari bilan mubarakbod etdi va ularning sharafli va mashaqqatli mehnatlari yuksak eʼtirofga loyiq ekanligini taʼkidladi.

Shundan so‘ng texnikum tomonidan ustozlarga hamda hamkor tashkilotlarning rahbarlariga tashakkurnomalar taqdim etildi.    
O‘quvchi-yoshlar tomonidan musiqiy hamda ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Tadbir ishtirokchilari shuningdek, texnikumda tashkil qilingan tikuvchilik sexining ochilishida ishtirok etdilar.

Yaxshi niyat bilan ustozlar va mehmonar tomonidan daraxt ko‘chatlari ekildi.

Teglar
- -