SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI O‘TKAZILDI
Bugun shahar hokimligi apparat xodimlari uchun siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi. Dastlab, hafta davomida yurtimizda va jahonda ro‘y bergan asosiy voqea va hodisalar sharhi bilan tanishdilar.
Siyosiy-ma’rifat soatida Prezidentimizning Belgiyaga tashrifi tafsilotlari, yurtimizda va xorijdagi ahamiyatga molik voqealar mazmuni, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan olib borilayotgan Maromiylik loyihasi va tadbirlar dayjesti namoyish etildi.
Shuningdek shahar hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari A.Mamatov tomonidan o‘quv soati ishtirokchilari bilan ijro intizomiga rioya qilinishi va dolzarb masalalar muhokama qilindi. “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha” qaror yuzasidan tushuncha berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.




