insurez
05-09-2025 10:14

SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI O‘TKAZILDI


Bugun shahar hokimligi apparat xodimlari uchun siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi. Dastlab, hafta davomida yurtimizda va jahonda ro‘y bergan asosiy voqea va hodisalar sharhi bilan tanishdilar.

Siyosiy-ma’rifat soatida Prezidentimizning Xitoy davlatiga tashrifi tafsilotlari, yurtimizda va xorijdagi ahamiyatga molik voqealar mazmuni , Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan olib borilayotgan tadbirlar dayjesti, mahallalar hayotiga oid yangiliklar, xodimlarga salomatlikni saqlashga oid ma’lumotlar namoyish etildi. 

Shuningdek shahar hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari A.Mamatov tomonidan o‘quv soati ishtirokchilari bilan ijro intizomiga rioya qilinishi va dolzarb masalalar muhokama qilindi. “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha” qaror yuzasidan tushuncha berildi. 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -