insurez
07-02-2025 11:11

SHE’RIYAT MULKINING SULTONI


Bugun she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Kattaqo’rg’on shahar istirohat bog‘ida o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda shahar hokimligi, yoshlar, talabalar, shoir va yozuvchilar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirni shahar hokimi o‘rinbosari J.G‘aniev ochib berdi. Shundan so‘ng so‘zga chiqqanlar Alisher Navoiyni nafaqat shoir va yozuvchi balki davlat arbobi, o‘z xalqi tinchligi, adolat tantanasi uchun kurashgan shaxs ekanligini, u o‘zbek mumtoz adabiyotining shakllanishida munosib hissa qo‘shganligini alohida ta’kidladilar.

Shuningdek, shoir hayoti va ijodini doimiy ravishda yoshlarimiz tomonidan o‘rganishlari lozimligi qayd etildi. Navoiy haykali poyiga gulchambarlarni qo‘ygan tadbir ishtirokchilari ushbu buyuk shaxs siymosiga hurmat va ehtiromlarini namoyon etdilar.

Teglar
- -