insurez
15-11-2025 16:10

SHARAFLI MEHNATLARI E’TIROF ETILDI


Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Albatta, bu boradagi islohotlar aholi salomatligini yaxshilash, xalqimizni tibbiyot tizimi faoliyatidan rozi qilishga xizmat qilmoqda. Shu o‘rinda jonkuyar tibbiyot xodimlarining aholi salomatligini yaxshilash yo‘lida olib borilayotgan islohotlardagi faol ishtiroki tahsinga sazovor. 

Bugun “Maroqand” tadbirlar maskanida bo‘lib o‘tgan tadbirda aholi salomatligini asrash, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida xizmat qilayotgan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi xodimlarining mehnatlari e’tirof etildi.

Tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova tibbiyot sohasida yaratilayotgan sharoitlar, xodimlarning mashaqqatli xizmatlari haqida so‘z yuritdi va bu borada mas’uliyat bilan ish olib borayotgan bir guruh soha xodimlariga faxriy yorliq hamda sovg‘alarni topshirdi. 

Tadbir kuy-qo‘shiqlarga ulandi.

Teglar
- -