SHAHRIMIZNI GULZORGA AYLANTIRAMIZ
Bugun shahrimizda gul ekish kuni munosabati bilan mahallalar, turli tashkilotlar va muassasalarda ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Ushbu xayrli ishda ta’lim muassasalari ham juda faol ishtirok etdilar.
Maktabgacha va maktab ta’limi, texnikumlarda soha xodimlari tomonidan turli gul ko‘chatlari o‘tqazildi.
Jumladan, 5 maktabgacha ta’lim tashkiloti, 15 va 16 umumta’lim maktablari, pedagogika texnikumida amalga oshirilgan ko‘kalamzorlashtirish ishlarida 500 ga yaqin gul ko‘chatlari ekildi.
-Albatta, bugun ekilgan gullarni keyingi parvarishida ham e’tiborli bo‘lshimiz kerak, -deydi ustozlar. Zero, har bir ekilgan gulga o‘z vaqtida qaralsa, sug‘orish ishlarini amalga oshirilsagina ular yanada gullab-yashnaydi va uzoq vaqt o‘z chiroyini yo‘qotmaydi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.