18-10-2025 18:59
Shahrimizda tozalik va ozodalik oyligi doirasida hashar davom etmoqda.
Respublika ishchi guruhi vakili S.Kurbankulov shahar hokim o‘rinbosari J.Axmedov hamrohligida Qoradaryo ko‘chasida amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlarini borishini ko‘zdan kechirib, masʼullarga tegishli tafsiyalarni berishdi.
Shundan so‘ng, Azizxo‘ja qabristonida obodonlashtirish bo‘yicha olib borilgan hashar ishlari natijasi o‘rganildi.




