insurez
02-04-2025 17:10

Shahrimiz pedagoglari viloyatda yetakchi


Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida shahar hokimi G.Alimova maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari rahbarlari ishtirokiga yig'ilish o'tkazdi. Dastlab, ta'lim muassasalarida odimlarning tartib qoidalarga amal qilish, o'z vazifasiga vijdonan yondashishlari haqida so'z yuritildi.   Prezidentning 2025-yil 19-martdagi PF 51-son farmoniga ko'ra rahbar pedagoglarni oyliklarini oshirilishi, shuningdek KPI tizimi orqali qo'shimcha rag'batlantirilishi xususida ham to'xtalib o'tildi. 

Shuningdek, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan e'lon qilingan reyting ko'rsatgichlari ham tahlil qilindi. 12 ta indikator bo’yicha reyting natijalariga ko'ra, Kattaqo'rg'on shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi respublikada 19-o'rinni, viloyatda esa birinchi o'rinni egallaganligi hamda shahrimizning ta’lim fidoyilarining mehnati natijasi ekanligi e’tirof etildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -